— oʻzbek kirill alifbosining oʻttiz toʻrtinchi harfi. Chuqur til orqa, shovqinli, sirgʻaluvchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. Qoʻllanishiga koʻra uncha faol emas, lekin har qanday undosh va unli bilan yonma-yon keladi. Soʻzning boshi (gʻalaba, gʻarb, gʻuncha), oʻrtasi (ogʻiz, tugʻma, toʻgʻri) va oxirida (dimogʻ, yorugʻ, ulugʻ) qoʻllanishi mumkin. Baʼzan oxiri gʻ bilan tugagan soʻzlarga g bilan boshlanadigan affikslar qoʻshilganda, har ikki tovush assimilyatsiyaga uchrab, q tarzida talaffuz etiladi va shunday yoziladi: togʻ+ga>toqqa, tugʻ+gan>tuqqan, togʻ+gacha>toqqacha. Turkiy xalqlar, jumladan, oʻzbek xalqi uchun umumiy boʻlgan deyarli barcha yozuvlarda oʻziga xos belgishakllarga ega.