GʻAZALKENT AKSIYADORLIK FIRMASI

«GʻAZALKENT» AKSIYADORLIK FIRMASI — oziq-ovqat sanoatining yirik korxonasi. «Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding» kompaniyasi tarkibida. Asosan, meva va sabzavotlar asosida yuqori sifatli bolalar taomlarini i. ch. ga ixtisoslashgan. Tomat pastasi, uzum sharbati, meva boʻtqalari va pektinli ichimliklar, turli konservalar, marinadlangan sabzavotlar ishlab chiqaradi. 3-d qurilishi 1942-y. da evaku-atsiya qilingan Grozniy konserva z-di uskunalari bazasida 1943-y. da boshlangan. 1956—75 y. larda Oʻzbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoati vazirligi, 1975—91 y. larda «Oʻzmevasabzavotuzumsanoat» agrosanoat uyushmasi tarkibida faoliyat koʻrsatdi. 1991-y. dan ijara, 1994-y. da jamoa korxonasiga aylantirildi. 1996-y. da Italiyaning «SASIB FUD» firmasi bilan hamkorlikda soatiga 3 t pomidorni qayta ishlaydigan tomat pastasi liniyasi oʻrna-tildi va eksportga mahsulot chiqara boshladi. 1998-y. dan «Bolalar taomlari xolding» kompaniyasining shoʻba korxonasi — ochiq turdagi «Gʻazalkent» aksiyadorlik firmasi.

1998-y. dan Amerikaning «Teksuna Interneyshnl LTD» firmasi bilan hamkorlikda qiyomli va meva boʻtqali olma, shaftoli, oʻrik boʻlaklari konservalarini ishlab chiqaradigan, quvvati soatiga 3 t boʻlgan yangi sex ishga tushirildi.