GʻAZALKENT VINO KOMBINATI

GʻAZALKENT VINO KOMBINATI — vino sanoatining yirik korxonasi. Uzum vinosi, araq, likyoraraq mahsulotlari ishlab chiqaradi. «Oʻzmevasab-zavotuzumsanoatxolding» kompaniyasi tarkibida. 1953-y. «Yangi yoʻl» arteli (1930) qoshida vino z-di sifatida tashkil qilingan. 1981-y. dan mustaqil vino z-di. (1956—81 y. larda «Toshkentvino» kombinati filiali). 1986-y. da z-d Gʻazalkent ijara-tajriba oziq-ovqat kombinatiga aylantirildi. 1997-y. da k-t negizida «Konvin» Oʻzbekiston—Amerika qoʻshma korxonasi tashkil topdi. I. ch. jarayonida markali oq va qizil vinolar tayyorlashda yangi ikki bosqichli bijgʻitish texnologi-yasidan foydalaniladi. Korxonada «Oqtosh», «Sijjak», «Oʻzbekiston portveyni», «Navroʻz», «Xumson», «Kagor», «Aleatiko» vinolari, «Chat-qol», «Chimyon», «Prins», «Slavnaya», «Istoki Chatkala», «Gold Star» araqlari va «Oʻzbekiston», «Xumor», «Ar-senal», «Gornyak», «Konvin», «Elegiya» likyor-araq mahsulotlari tayyorlanadi. 2004-y. da 1,3 ming dal vino va 179,7 ming dal araqlikyor mahsulotlari ishlab chiqarildi. Mahsulotlari chet ellarga (Yaponiya, AQSH, Fransiya) eksport qilinadi.