GʻULOMOV Saidahror Saidahmedovich

GʻULOMOV Saidahror Saidahmedovich (1947.25.6, Toshkent) — iqtisodchi olim, Oʻzbekiston FA akad. (1995). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1991), iqgisod fanlari d-ri (1981), prof. (1984). Toshkent xalq xoʻjaligi in-tini tugatgan (1969). 1974-y. dan boshlab Toshkent xalq xoʻjaligi in-ti iqtisodiy kibernetika kafedrasida katta oʻqituv-chi, dotsent (1974 — 78), iqgisodiy kibernetika f-ti dekani (1982-85), oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (1985—88), inri (1988-98), Oʻzbekiston likasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri (1998-2004). 2004-y. dan Toshkent iqtisodiyot un-ti rektori. Ilmiy ishlari iqtisodiy-matematik usullar hamda modellashtirish, Oʻzbekiston mintaqalarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tizimli modellashtirish, ularning tabiiy, ishlab chiqarish va intellektual potensialidan samarali foydalanishning metodologik va metodik asoslarini ishlab chiqish, boshqaruvda kompyuter tizimlaridan foydalanishning informatsion axborot taʼminoti muammolari, oʻquv jarayoni va ilmiy tadqiqotlar uchun yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va tatbiq etish masalalariga bagʻishlangan. 1-chaqiriq Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputati (1992-96). «Doʻstlik» ordeni (1997) va «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan (2000).

As: Iqtisodiyot tarmoqlari modellari, T., 1991; Ekonomiko-matematicheskiye metodn v sistemnom analize, T., 1998; Mejotrasle-vne modeli ekonomiki, T., 1999; Axborot tizimlari va axborot texnologiyalari, T., 2000; Rnnochnaya ekonomika i informatizatsiya obshestva, T., 2001.