GʻULOMOV Ayyub Gʻulomovich

GʻULOMOV Ayyub Gʻulomovich (1914. 15.5 – Toshkent – 1986.30.5) – til-shunos olim, oʻzbek ilmiy gramma-tikasining asoschilaridan biri. filol. fanlari d-ri (1958), prof. (1959). Toshkent pedagogika in-ti oʻzbek tili va adabiyoti f-tini tugatgan (1936). Toshkentdagi oʻrta maktablar va pedagogika texnikumlarida oʻqituvchi (1930—35), pedagogika in-tlarida oʻqituvchi, dotsent, kafedra mudiri (1936—57). Ayni paytda Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-tida katta ilmiy xodim (1940 — 46; 1967— 69), sektor mudiri (1946 — 49), Oʻrta Osiyo (Toshkent) un-ti oʻzbek tilshunosligi kafedrasida dotsent (1942—46), kafedra mudiri (1946-86).

Gʻulomovning ilmiy asarlari oʻzbek tilshunosligining fonetika va grammatika, leksikologiya va soʻz yasalishi, uslubshunoslik va nutq madaniyati, eti-mologiya va leksikografiya sohalari, oʻzbek tili tarixi va dialektologiyasi masalalariga bagʻishlangan. Uning «Oʻzbek tilida kelishiklar» (1941), «Oʻzbek. tilida koʻplik kategoriyasi» (1944), «Sodda gap sintaksisi» (1948), «Oʻzbek tili morfologiyasiga kirish» (1953), «Feʼl» (1954), «Sodda gap» (1955) kabi asarlari oʻzbek tili ilmiy grammatikasining shakllanishiga asos boʻlib xizmat qiddi. Gʻulomov oʻrta maktablarning 5—9-sinflari uchun «Oʻzbek tili darsliga» (oʻtgan asrning 70—90-y. larida 20-martaga yaqin nashr etilgan) va oliy oʻquv yurtlari uchun «Hozirgi oʻzbek adabiy tili» (1961; 2nashri — 1965) kabi darslik va bir qancha qoʻllanmalarning, 2-j. li «Oʻzbek tili grammatika-si» (1975—76) ning mualliflaridan biridir.

A,..ʻOʻzbek tilida aniqlovchilar, T., 1940; Oʻebek tilida urgʻu, T., 1947; Etimologik noaniqliklar, T., 1975; Oʻzbek tili morfem lugʻati, T., 1977 (hamkorlikda).