GʻUZORDARYO

GʻUZORDARYO — Qashqadaryo viloyatidagi daryo. Qashqadaryoning chap irmogʻi. Uz. 86 km. Havzasining mayd. 3170 km2. Suv yigʻilish maydonining oʻrtacha balandligi 1532 m. Hisor tizmasining shim. garbiy yon bagʻridan boshlanadigan Katta Oʻradaryo va Kichik Uradaryolarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Togʻlardan oqib chiqqach, tekislikdan oqib Qashqadaryoga quyiladi.

Oʻrtacha yillik suv sarfi 5,9 m:ʻ/sek. Eng koʻp suv sarfi 15,9 m3/sek., eng kam suv sarfi 0,31 mUsek. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Eng koʻp suv sarfi apr. da (22,5%), eng kam suv sarfi sent. da (3,6%) kuzatiladi. Gʻuzordaryoning yuqori qismida Pachkamar suv ombori barpo qilingan hamda daryodan irrigatsion kanallar chiqarilgan. Suvi, asosan, ekin maydonlarini sugʻorishga sarf boʻladi.