GʻOYA

GʻOYA, badiiy gʻoya — adabiyot va sanʼat asarlari zamirida yotgan emotsional obrazli fikr. Hayotda roʻy bergan yoki roʻy berishi ehtimol tutilgan har bir voqea va hodisa adabiyot va sanʼat asarlarida oʻz ifodasini topishi mumkin. Yozuvchi yoki sanʼatkor tomonidan tasvir etilgan shunday voqea va hodisa badiiy Gʻoyaning predmeti hisoblanadi. Badiiy Gʻoyaning emotsional taʼsir kuchi, voqea va hodisaning muhimligi hamda uni tas-virlagan yozuvchi yoki sanʼatkorning mahorati bilan belgilanadi. Badiiy Gʻoya tasvir etilgan voqea va hodisaning oddiy inʼikosi yoki shu voqea va hodi-sadan hosil boʻluvchi tasavvur, maʼno va mazmungina emas, balki igu hayotiy voqea va hodisani muayyan nuq-tai nazardan idrok va talqin etish natijasida yuzaga kelgan emotsional obrazli fikrdir.

Shoʻro davri adabiyotshunosligi va sanʼatshunosligida Gʻoya tushunchasi ostida badiiy Gʻoya nazarda tutilgan boʻlsada, bu Gʻoyaga ijtimoiy-siyosiy tus berilgan, adabiyot va sanʼat asarlaridan shoʻro davri mafkurasi talablari bilan uygʻun boʻlgan Gʻoya gina axta-rib kelingan. Bunday Gʻoya topilmagan taqdirda, u yoki bu asar muallifi maslaksizlikda, gʻoyasizlikda ayblangan. Vaholonki Gʻoya badiiy tafakkur mevasi va shu tafakkurning u yoki bu asardagi voqea tasviridan kelib chiquvchi muayyan emotsional taʼsir kuchiga ega boʻlgan obrazli koʻrinishidir.

Inson bu dunyodagi moʻjizalardan biri Niagara shalolasini koʻrib, mahliyo boʻlishi, choʻchishi yoki hayratga tushishi mumkin. Agar shu shalolaning hayratomuz manzarasi badiiy asarda muayyan maqsadda tasvir etilgan boʻlsa, undan kelib chiquvchi emotsional obrazli fikr oʻquvchi yoki tomoshabinni faqat hayratga solibgina qolmay, unda boshqacha fikrni, kayfiyatni ham uygʻotadi. U mazkur asarni oʻqib yoki koʻrib, inson tabiat kuchlari oldida ojiz bir mavjudot-dir, degan fikrga kelishi mumkin. Ak-sincha, u ana shu dahshatli goʻzallik ham Inson uchun Alloh tomonidan yaratilgan, degan yuksak bir fikrga kelishi ham tabiiy. U qanday fikrga kelgan boʻlmasin, bu fikr-xu-losa shu voqea tasvir etilgan asar zamirida yotgan va muallifning niyati bilan bogʻliq boʻlgan badiiy Gʻoya dir.

Badiiy Gʻoya faqat muayyan voqea va hodisa tasvirlangan asar zamirida yotadi, deyish toʻgʻri emas. Zero, lirik sheʼriyatda voqea va hodisa tasviri emas, balki shoirda muay-yan hodisa (mas, kamalak tarali-shi, kuyosh botishi yoki bepoyen dengiz bilan uchrashuv) tufayli tugʻilgan his-tuygʻu va lirik kechinma tasvir etiladi.

Soʻnggi yillarda shoʻro mafkurasidan voz kechilgani va shu mafkura talablari asosida yaratilgan asarlarga boʻlgan munosabat keskin oʻzgargani uchun ayrim adabiyotshunos va sanʼatshunoslar Gʻoyaning adabiyot va sanʼat asarlaridagi oʻrni va ahamiyatini rad etmoqchi boʻladilar. Hol-buki, Gʻoyani badiiy fikr sifatida inkor yoki rad etish adabiyot va san-atni maslaksizlikka, maʼnosizlikka olib borishi mumkin. Shoʻro davri mafkurasining biror izi boʻlmagan Sharq adabiyoti va sanʼati (mas, qoʻshiqchilik va raqs) da ham badiiy Gʻoya mavjud edi, Sharq adabiyoti va sanʼati uzoq asrlardan beri xalqni ana shu badiiy Gʻoya asosida tarbiya-lab keldi va hozir ham tarbiyalab kelmoqda. Agar bir asar zamirida yotgan fikr badiiy Gʻoyani tashkil etsa, shu asar mansub boʻlgan yozuvchi ijodi yoki adabiy jarayon zamn-rida yotgan fikrlar majmuasi goyaviylik deb ataladi. Shoʻro davri mafkurasi gʻoyaviylikka oʻta siyosny ruh berib, uni gʻoyaparastlikka aylantirib yubordi. Holbuki, Gʻoya ham, gʻoyaviylik ham kitobxon yoki tomo shabin. yoxud tinglovchining gʻashiga tegmasligi, balki uning qalbidagi sogʻlom fikr va tuygʻularning yuzaga chiqishiga koʻmak berishi, unda ezgu intilishlarni uygʻotishi lozim, xolos Shuning uchun ham adabiyot va sanʼat asarlaridagi Gʻoya badiiy Gʻoya hisoblanadi.

Ad.: Baxtin M. M., Estetika slovesnogo tvorchestva. M., 1979; Xalizev V. Ye.. Tsoriya literaturm, M.. 1999; QurbonovD., Adabiyet nazariyasi. T., 2004,Izzat Sulton, Adabiyot nazariyasi. T., 2005.

Naim Karimov.