GʻOR

GʻOR — Yer poʻstining yuqori qatlam larida vujudga kelgan boʻshliqlar. Gʻorning vujudga kelishi uchun muayyan sharoit boʻlishi lozim. Suvda oson eriydigan togʻ jinslari (ohaktosh, dolomit, gips) va tuzlarning erishi va yuvnlib ketishi yoki suffo-ziya va abraziya oqibatida vujulga keladi. Shuningdek, tektonik yoriqlar oqibatida, muzliklarning erishi va b. harakatlar natijasida ham hosil boʻladi. Gʻor kattaligi va chuqurligiga koʻra xilma-xil. Gʻor gorizontal va vertikal holatda boʻlishi, uzunligi ha. m bir necha m dan yuzlab km ga yetishi mumkin. Baʼzan koʻp qavatli Gʻorlar ham uchraydi. Eng yirik Gʻor karst gʻorlaridir. Gʻor murakkab yoʻlaklar va zallardan iborat boʻlib. bir yoki bir nechta ogʻzi boʻlishi mumkin. Ohak-tosh orasida paydo boʻlgan karst Gʻorda stalaktit va stalagmitlar, ustunlar. tosh pardalar boʻladi. Gʻor tubida daryo va koʻllar uchraydi. Gʻorning faunasi oʻziga xos. Dunyodagi eng yirik Gʻor — Mamont gʻori, shuningdek, Fransiyadagi Pyer-Sen-Marten va Berje, AQSHdagi Karlsbad yurlari, Postoyns-ka-Yama va b. Tosh davrida va undan oldin ham ibtidoiy odamlar Gʻor la yashagan, ular uchun turar joy boʻlib xizmat qilgan, mas. Teshiktosh yuri. Oʻzbekiston togʻlarida ohaktoshning mavjudligi Gʻor hosil boʻlishiga kulaylik yara-tadi: Amir Temur. Olamtosh gʻorlari ham katta Gʻ. hisoblanadi. Gʻorda oʻsha muhitga moslashgan turli hayvoilar (gor faunasi) yashaydi. Gʻorni gʻorshunoslar (speleologiya fani mutaxassislari) oʻrganadi.