GʻOYIBOV Joʻra Yomgʻirovich

GʻOYIBOV Joʻra Yomgʻirovich (1942.16.12, Tojikiston Respublikasining Qoʻrgʻontepa viloyati) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (2003). Leninobod ped. in-stitutini tugatgan (1970). 1970-y. dan Qoʻrgʻontepa viloyatining Xoʻjamaston tumanidagi 7-maktabda ona tili va adabiyot oʻqituvchisi, 1978-y. dan 26-maktabda direktor. 1983-y. dan Qash-qadaryo viloyatining Nishon tumanidagi 4-maktabda ona tili va adabiyot oʻqituvchisi. «Qalb javohiri», «Men seni kuylayman», «Tallimarjon boychechagi», «Tuygular jilosi», «Armonli dunyo» sheʼriy toʻplamlari, «Oʻlib tirilgan odam» hikoyalar toʻplami muallifi.