GʻOZGʻON

GʻOZGʻON — Navoiy viloyati Nurota tumanidagi shaharcha (1975-y. dan). Yaqin t. y. stansiyasi — Navoiy (76 km). Tuman markazi Nurota sh. dan 17 km gʻarbda. Aholisi 5,9 ming kishi (2004). Gʻozgʻonda qadimdan yuqori sifatli marmar qazib olinadi. Gʻozgʻon marmari, maʼmuriy binolar va madaniy obi-dalarni bezashda ishlatiladi. «Gʻozgʻonmarmar» korxonasi, maktablar, kasalxona va b. tibbiy muassasalar bor.