GʻOZYAPROQ

GʻOZYAPROQ, tangayaproq — raʼnodoshlarga mansub koʻp yillik ildizpoyali oʻsimliklar turkumi. Asosan, Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerikada 300 ga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda Sibir Gʻ. i (alximillasi) (A. zIztsa 2at.) turi oʻsadi. Boʻyi 80 sm gacha. Barglarining uz. 1,5—5 sm, eni 2,5—6,5 sm, buyraksimon yoki dumaloq buyraksimon, 7—9 boʻlakchali. Kosachasi 2 qavat, har qavatida 4 tadan kosachabarglari bor. Gultojisi yoʻq. Gullari mayda, yashil yoki sargʻish. Changchilari 4 ta, urugʻchisi 1 ta. Iyulavg. da gullab urugʻlaydi. Togʻ zonasidagi zax yerlar, daryo va soy boʻylarida oʻsadi.