GʻOZIY

GʻOZIY, Muhammadgʻoziy (18-a. ning 2-yarmi — Qoʻqon — taxm. 1818) — shoir. Buxoro madrasalarida oʻqigan. Qoʻqondagi Madrasai Mirda mudarris, mufti boʻlgan. Akmal Xoʻqandiyning yaqin doʻsti. Oʻzbek va fors tillarida ijod qilgan. Fuzuliyni oʻziga ustoz bilgan. Sheʼrlarining mazmuni bilan ham, dunyoga, atrof-muhitga munosabatini koʻrsatishda, badiiy sanʼatlardan foydalanishda ham Fuzuliy yoʻli, uslubini qoʻllagan. uning gʻazallariga muxammaslar bogʻlagan. Koʻproq lirik gazallar, taʼrix-sheʼrlar yozgan, devon tuzgan. Lirik sheʼrlarida inson qalbining kechinmalarini, orzu-istaklarini, quvonch va qaygʻularini kuylagan, chin insoniy muhabbat, goʻzallik va sadoqat. in-sonparvarlik va adolatparvarlikni ulugʻlagan.

Gʻoziy sheʼrlari 18-a. ningʻ 2-yarmi — 19a. boshlaridagi ijtimoiy hayotning haqqoniy manzarasini koʻrsa-tishga, adabiy hayotda mavjud boʻlgan turli yoʻnalishlarning mohiyatini toʻlaroq yoritishga xizmat qiladi. Ijtimoiy lirikasida esa oʻsha davrda hukm surgan adolatsizlikdan, haqsizlikdan, baxtsiz toleidan shikoyat qiladi («Bukuldi qomatim…», «Devonamen…» va b.). Taʼrix-sheʼrlari asosan ruboiy tarzida yozilgan boʻlib, koʻpchiligi shahar ayonlari. yirik amaldorlarning vafotiga bagʻishlangan. Didaktik mavzudagi asarlarida inson fazilatlarini yuqori tutish, hayotla kamtar boʻlish, inson qadrini yerga urmaslik, oʻz qadrqimmatini saqlash zarurligi taʼkidlangan. Anʼanaviy «shiru shakar» usulida musaddas va mustazod-tarjeʼ-bandlar ham yozgan; mustazodlarining ayrimlari original usulda yozilgan.

Gʻoziy devonining 4 koʻ,lyozma nusxasi bizgacha yetib kelgan, ular Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida (inv. №121, 6117, 2296, 11) va Rossiya FA Sharqshunoslik in-ti Sankt-Pe-terburg boʻlimi (inv. №109) da saqlanadi.

Ad.: Qayumov A., Gʻoziy, T., 1959; Oʻzbek adabiyoti tarixi [5 j. li], 4-j., T., 1978; Qayumov P., Tazkirai Kayyumiy. T.. 1998 Begali Qosimov