GʻOZ, xonaki gʻoz — oʻrdaksimonlar oilasiga mansub parranda turi. Yevrosiyoning tundra va oʻrmon tundra zonasida yashovchi kulrang Gʻoz larning urugʻboshi hiyeoblanadi. Gʻoz larhez goʻshti uchun deyarli barcha mamlakatlarda boqiladi. Gʻozning tana tuzilishi qayiqsimon, boʻyni uzun, oyoq barmoqtari suzuvchi parda bilan qoʻshilgan. Tumshugʻining shakli har xil: toʻgʻri, qayrilgai, choʻqqaygan va b. Ayrim zoglarining tumshugʻi ustida doʻmbogʻi bor. Patlarining rangi oq, kulrang, qoʻngʻir, dogʻli va b. Tumshugʻi sargʻishqizil. kamdan-kam qora. Pat krplami tigʻiz, sovuqdan yaxshi himoya qiladi. Gʻozlar boshqa xonaki parrandalarga nisbatan kechroq (34—44 haftaligida) jinsiy yetiladi. Xoʻjalikda 3—4 y. foydalaniladi (ayrim hollarda 5 y.). Toʻdada 3 — 4 makiyonga I erkak Gʻoz qoldiriladi. Makiyoni 265—350 kunligida iqlim sharoitlariga koʻra (qishda, bahorda) tuxumga kiradi. Bir mavsumda 30 — 50 (100 tagacha) dan koʻp tuxum qiladi. Joʻjasi 29—30 kunda tuxumdan chiqadi. Gʻozning xitoy, kuban zotlari 1-yili foydalanishda eng mahsuldor hisoblanadi. Voyaga yetgan erkak Gʻoz larning tirik vazni 5 — 8 (15), makiyonlariniki 4—7 (12) kg gacha. Yaxshi boqilnsh Gʻozlar 9 oyligida (3.5 — 4,5 kg) goʻshtga soʻyiladi. Asosan, goʻshti uchun boqidadi (gushti tarkibida 16% oqeil, 35% ga yaqin yogʻ bor). Goʻsht ishlab chiqarish uchun yirik kulrang, kuban, xolmogor, italiya, reyn zotli Gʻozlar boqiladi. Pati va momigʻi sanoat uchun qimmatli xom ashyo (qayishqoqligi, suv oʻtkazmasligi, issiqlik oʻtkazuvchanligi, chidamliligi va b. tufayli). Gʻozlar maxsus fer-malarda boqiladi. Yosh joʻjalari goʻsht uchun 9 haftaligida soʻyiladi. Naslchilik toʻdalarida katta yoshli Gʻozlar bir y. da 130 kg tOʻla qimmatli aralash yem bilan boqiladi. Bir sutkada bir bosh Gʻ. uchun ozuqa ranioni (g): don — 150— 200, kunjara va shrot — 15—20, koʻk va shirali ozuqalar — 400—500. oʻt uni — 20—30, achitqi yem — 7—10, mineral ozuqalar.
Ayrim mamlakatlarda (Vengriya. Polsha, Fransiya va b.) sanoat parrandachiligida land, tuluza, italiya. reyn, venger zotli Gʻozlar koʻp boqiladi.