GʻOVASOY

GʻOVASOY — Namangan viloyatidagi daryo. Chatqol tizmasining jan. yon bagʻridan boshlanadi. Uz. 96 km. Havzasining mayd. 657 km2. Ohangaron pla-tosida chuqur dara hosil qilib oqadi. Gʻova qishlogʻi yaqinida daryo suvi ariqkanallarga olinadi, Sirdaryoga yetmasdan togʻ oldi tekisliklarida tugaydi. Daryo havzasida (2600—2700 m balandlikda) ikkita koʻl boʻlib, daryo suvining bir qismi shu koʻllardan chiqadi. Gʻovasoyning oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 6,3 mʻ/sek. Qor va muzlik suvlaridan toʻyinadi. Daryo suvining 21% ni sizot suvlar tashkil qiladi. Vegetatsiya davrida yillik suv oqimining 87% oqib oʻtadi. Mart — avg. oylarida suvi koʻpayadi. Gʻovasoy suvidan Namangan viloyati, Chust va Pop tumanlari ekin maydonlari sugʻoriladi.