GʻOVAKLIK

GʻOVAKLIK, togʻ jinslarining gʻovakligi — togʻ jinslari ichidagi boʻshliq (gʻovaklar, yoriq)lar yigʻindisi. Ularga suyuqtik va gazlar joylashadi. Shakliga koʻra gʻovaklar pufaksimon, kanalsimon, yoriqsimon, shoxsimon boʻladi. Gʻovaklikning umumiy, ochiq, yopiq turlari mavjud. Umumiy Gʻovaklik togʻ jinslari ichidagi hamma gʻovaklar yigʻindisidir. O ch i q. Gʻ. — oʻzaro tutashgan gʻovaklar hajmi. Yopiq Gʻovaklik — oʻzaro tutash boʻlmagan, yopiq gʻovaklar yigʻindisidir. Neft geol. sida foydali va dinamik Gʻ. farq qilinadi. Foydali Gʻovaklik — suyuqlik sizilayotgan gʻovaklar yigʻindisi. D i – n a m i k Gʻ. muayyan bosim va t-rada toʻyintiradigan suyuqlik yoki gazlar oʻtadigan Gʻovakliklar hajmi, har doim umumiy Gʻovaklikdan kichik boʻladi. Gʻovaklik oʻlchami togʻ jinslarining moddiy tarkibi bilan uzviy bogʻlangan boʻlib, balchiq. sof tuproqlarda 80% gacha; ch\,kindi togʻ jinslari (ohaktosh, dolomit, qumtoshlar)da 1% dan 35% gacha; vul-kanogen-choʻkindi togʻ jinslari (tuf-qumtoshlar, tuffitlar)da 5—20% chamasi, magmatik togʻ jinslarida 5% dan koʻp emas. Chuqurlik ortgan sari togʻ jinslari (ayniqsa. choʻkindi togʻ jinslari) Gʻovaklik ligi, odatda, kamaya boradi va katta chuqurliklarda kam ahamiyatga ega. Gʻovaklik togʻ jinslarining fizik xususiyatlari: mustahkamlik, siqilish imkoniya-ti, elektrik va b. para-metrlarini aniqlaydi. Paydo boʻlishiga koʻra birlamchi va ikkilamchi Gʻovaklik farqlanadi. Birlamchi Gʻovaklik choʻkindilarning toʻplanish sharoitiga bogʻliq, choʻkindi jinslarning hosil boʻlish jarayonida yuzaga keladi va asta-sekin kamayib boradi. Ikkilamchi Gʻovaklik epigenetik jarayonlar taʼsirida jinslardan minerallarni eritib yoki zarra holida olib chiqilishidan paydo boʻlgan boʻshliqlar bilan bogʻliq. Karbonat jinslarning erishidan ikkilamchi Gʻovaklik tarkib topadi, mas, karst hosil boʻlishi mumkin. Togʻ jinsi gʻovakliligi laboratoriyada turli tadqiqot usullaridan, qatlamlarning gidrodina-mik tadqiqotlaridan va kon geofi-zikasi usullaridan foydalanib aniqlanadi.