GʻISHTLI MASJID

GʻISHTLI MASJID — Qoʻqondagi meʼmoriy yodgorlik (20-a. boshi). Xonaqoh va ayvondan iborat boʻlib, mahalliy ustalar tomonidan pishiq gʻishtdan qurilgan. Ayvon shifti islimiy naqshlar bilan bezatilgan, qizil va yashil ranglardan koʻproq foydalanilgan. 12 ta qirrador yogʻoch ustun (2 qator) yuqorisi oʻziga xos turli shakldagi naqshlar bilan beza-tilgan.