GʻIJDUVON — Buxoro viloyati Gʻij-duvon tumanidat shahar (1972-y. dan), tuman markazi. Buxoro sh. dan 49 km shim.-sharqda, Buxoro vohasining yuqori qismida joylashgan. Yaqin t. y. stansiyasi — Qiziltepa (17 km). aholisi 38,6 ming kishi (2003). Gʻijduvon toponimining kelib chiqishi haqida mahalliy aholi orasida turli rivoyatlar mavjud. Shulardan «Kish tuvon» («kish» tojikcha ekin ekuvchi, «tu-von» — manzil), yaʼni ekin ekadigan dehqonlar manzili yoki «Gʻujudehon» — koʻp qishloklardan tashkil topgan joy maʼnosida izohlaydilar. Shahar hududi va uning atrofi qad. dan dehqonchilik rivojlangan hudud hisoblangan.
Gʻijduvon manbalarda qishloq sifatida 10-a. lardan boshlab tilga olinadi. 15 — 18-a. larda Gʻijduvon bekligining markazi boʻlgan. Podsho Rossiyasi mustamlakachiligi davrida ham Gʻijduvon yirik iqtisodiyijtimoiy markazlardan hisoblangan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida Gʻijduvonda 15 ta masjid, 55 xusu-siy maktab va madrasa, 3 ta hammom, 300 dan ortiq savdo doʻkonlari, 24 juvozxona faoliyat koʻrsatgan. Shaharda paxta tozalash, meva-sabzavot kon-serva, gʻisht, pivo va yaxna ichimliklar z~dlari, «Buxoroteks» toʻqi-machilik korxonasi, MTP, avtokorxonalar, qurilish tashkilotlari, gilam toʻqish, poyabzal f-kalari, milliy kulolchilik, qandolatpazlik, kulolchilik, novvoyxonalar. dehqon bozori, madaniy savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Gʻijduvon Buyuk ipak yoʻli yaqinida joylashganlngidan . \ unar-mandchilik qadimdan rivojlangan. Shahar kulolchilik. temirchilik, zargarlik, kashtachilik buyumlari. holvapazlik mahsudotlari bilan mashhur.
Umumiy taʼlim maktablari. linei, qurilish va tibbiyot kasb-hunar kollejlari. tuman markazin kugubxonasi, madaniyat uylari, klub muassasalari, madaniyat va istirohat bogi. muzeylar bor. Stadion. sport saroyn va b. sport inshootlari faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, ayellar konsultatsiyasi. dorixona va b. tibbiy muayesasalar aholiga xizmat koʻrsatadi.
Gʻijduvon muhim transport yoʻllari yoqasida joylashgan. Buxoro va viloyatning boshqa yirik shaharlariga avtobuslar qatnaydi. Shaharla 10 dan ziyod tarixiy meʼmoriy obidalar bor. Shulardap Abduxoliq Gʻijluvoniy masjidi va maqbarasi (12a.). Ulug-bek madrasasn (1432 — 33). Toshmasjid va Dehqonobod xoiaqosi (15 —16-a..tar), Xoja Soktare masjidi (17a.), Chorsu masjidi va b. mashhur.
Isroil Nazarov. Umar Rashidov.