GʻAFUROV

GʻAFUROV Mahmudjon (1917.20.10 — Toshkent — 2000.5.1) — xonanda (tenor), aktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1950). 1939-y. dan Muqimiy teatrida aktyorxonanda. shuningdek, Navoiy teatri yakkaxon xonandasi (1951 — 53). Muqimiy teat-rida sahnalashti-rilgan musiqali dramalarda Tohir (T. Jalilov, «To-hir va Zuhra»), Alpomish (T. Jalilov, «Alpomish»), Haydar (T. Jalilov, «Nurxon»), Subhonqul (S. Boboyev, «Vatan ishqi»), Tursunali (M. Leviyev, «Oltin kul») kabi bosh qahramonlar obrazlari Gʻafurov ijrosida oʻzining hayotiy talqinini topgan. Navoiy teatrida Qodir (T. Sodiqov, R. Glier, «Gulsara»), Farhod (G. Mushel, Yu. Rajabiy «Farhod va Shirin»), Qays (T. So-diqov, R. Glier, «Layli va Majnun»), Tohir (T. Jalilov, B. Brovsin, «Tohir va Zuhra») va b. partiyalarda muvaffaqiyat qozongan. Keng, toʻla ovoz sohibi Gʻ. ning xonandalik uslubi yuqori dramatik maho-rat, his-tuygʻularga boy, yorqin ijro, yaxlit badiiy obrazlari bilan ajralib turadi. 1960—70 y. larda Gʻafurov ijodining boshqa yangi qirralari Shayx (T. Toʻla; I. Akbarov, «Qizbuloq»), Hota. m Soliyev (Z. Fatxullin; I. Akbarov, «Kumush toʻy») kabi xarakterli rollarda namoyon boʻldi. Ayni paytda Gʻafurov operetta ustasi sifatida ham tanilgan: Petro (N. Li-senko, «Poltavalik Natalka»), rajami (I. Kalman, «Bayadera») va b. Gʻafurov Navoiy, Mashrab, Muqimiy, Furqat, Maxtumquli gʻazallari bilan aytiladigan mumtoz qoʻshiqlarning mohir ijrochisi. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).