GʻARIBIY

GʻARIBIY (taxallusi; asl nomi Mulla Umrzoq Abduvali oʻgʻli) (1877, hoz. Fargʻona sh. oʻrnidagi Yormozor qishlogʻi — 1961, Fargʻona viloyati Chimyon qishlogʻi) — shoir. Huvaydo shajarasidan. Buxoro madrasalarida oʻqigan. Hirotlik Islom shayx piri murshidi tariqatida boʻlgan. Ota kasbi gilkor — suvoqchilik bilan shugʻullangan.

Gʻaribiy asosan oʻzbek tilida, qisman forstojik tilida ijod qilgan. Adabiy merosi 14000 misra atro-fida, sheʼrlari 1000 ga yaqin. Ulardan 850 tasi gʻazal, 70 muxam-mas, qolganlari mumtoz sheʼriyatning turli janrlarida yozilgan. 1911-y. da «Gʻaribiy» taxallusi bilan yozgan sheʼrlarini toʻplab, devon tuzgan. 1917—26 y. larda «Muxbir», 1926-y. dan umrining oxirigacha «Shuhrat» taxalluslarida ijod qilgan. Gʻ. Muqimiy, Furqat, Rojiy, Firoqiy, Charxiy kabi shoirlar bilan adabiy hamkorlikda boʻlgan. Sheʼrlarining koʻpchiligi falsafiy-didaktik, diniy-axloqiy maz-munda. Ularda olam, inson hayotining mohiyati, sevgimuqabbat, vafo-sadoqat, hayo, iffat, qanoat, shukr kabilar haqida fikr yuritgan. Kibru havo, taʼma, bad-nafslikni qoralagan, jamiyatdagi haqsizliklardan shikoyat qilgan. Asarlari turli bayoz va toʻplamlardan oʻrin olgan, 20-y. larda mat-buotda eʼlon qilingan. 1951—54 y. larda siyosiy qatagʻonga uchrab qamalgan. Shoirning «Devon»i, «Bayoz»i, sheʼriy toʻplamlari qoʻlyozmalari Qoʻqon adabiyot muzey-ida, sheʼriy toʻplamining dastxat nusxasi qoʻqonlik A. Madaminov qoʻlida saqtanadi.

Begali Qosimov