GʻARIB Firuz Yusupovich

GʻARIB Firuz Yusupovich (1946.19.8. Samarqand) — immunolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1998), tibbiyot fanlari d-ri (1978), prof. (1983), SamTI davolash f-tini tugatgach (1970), shu in-tda oʻrganuvchi-tadqiqotchi, assistent, immunologiya boʻlimi mudiri (1970—76), Samarqand markaziy ilmiy lab. mudiri (1976—80), ToshTIning mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya kafedrasi mudiri (1980—95). «Sogʻlom avlod uchun» nodav-lat xalqaro xayriya jamgʻarmasi direk-tori oʻrinbosari (1995—97), Toshkent vaksina va zardoblar i. t. instituti direktori (1997—2003), ayni vaqtda «Immunomed» firmasi direktori. Ilmiy faoliyati immunologiya. virusologiya va mikrobiologiyaga oid. Uning rahbarligida mamlakatimizda ilk bor organizmning immun hola-tini tiklovchi «Immunomodulin» preparati ishlab chiqildi. Oʻzbekiston immunologlari ilmiy jamiyati prezidenti (1983—90).

As: Splenosorbsiya u detey, T., 1995; Immunozavisimne bolezni, T., 1995.