GʻARBIY SHAMOLLAR OQIMI

GʻARBIY SHAMOLLAR OQIMI — Jan. yarim shardagi yuza oqim, gʻarbdan sharqqa yoʻnalgan. Taxm. 40° va 55° j. k. lar oraligʻida Atlantika, Hind va Tinch okeanlarni kesib oʻtib, Yer sharini aylanib chiqadi. Uz. 30 ming km, eni 1000 km chamasida. Suvining t-rasi shim. qismida 12—15° dan jan. da 1—2° gacha oʻzgaradi. Yuza qatlamidagi tezligi 0,4—0,9 km/soat, chuqur qismida 0,4 km/ soatgacha. Gʻarbiy shamollar oqimidan Atlantika okeanida Ben-galiya oqimi, Hind okeanida Gʻarbiy Avstraliya, Tinch okeanda Peru oqimlari ajralib chiqadi. Gʻarbiy shamollar oqimi zonasida tez-tez kuchli boʻronlar boʻladi.