GʻARBIY SIBIR NEFT-GAZLI HAVZASI

GʻARBIY SIBIR NEFT-GAZLI HAVZASI — Gʻarbiy Sibir tekisligida joylashgan, dunyo boʻyicha eng yirik neft-gazli havza. Mayd. 3,5 mln. km:. Tektonik jihatdan Gʻarbiy Sibir Neft-Gazli Havzasi-g. h. Gʻarbiy Sibir plitasida joylashgan, gʻarbda Uralning gersin burmalanishlari, sharqda Sibir plat-formasining qad. doʻngliklari, jan. da Qozogʻiston, Oltoy, Tom-Kolivan, Olatov va Gʻarbiy Sayan burmalanishlarining kaledon va gersin struktu-ralari bilan chegaralangan. 1953-y. burgʻi quduqlari yordamida Ob daryosining quyi qismida dastlabki gaz koni va 6 y. dan soʻng Konda daryosida neft koni topilgan. 1971-y. ning mart oyiga kelib esa, 168 ta neft, gaz va gaz-neft konlari ochilgan. Havza hududi yura, boʻr, paleogen, kamroq darajada neogen davrining terrigen yotqiziqlaridan tashkil topgan. Hav-zaning neft-gazliligi yura va boʻr davri yotqiziqlari bilan bogʻliq, kesimda qumtoshlarning 40 dan ortiq mahsuldor qatlami ajralib turadi. Neftli va neft-gazli uyumlarning koʻp qismi (80% dan ortiq) 2000 — 3000 m chuqurlikda; gazli va gaz-kon-densatli uyumlar (80% chamasi) 2000 m chuqurlikda toʻplangan. Hududdagi neft konlari kabi gaz konlari ham yuqori debitli (neft 200 t/sut, gaz 5 mln. m3/sut). Gʻ. S. n.g. h. nefti kimyo sanoati uchun qimmatbaho xom ashyodir. Zichligi 0.88 g/sm3 dan ortiq emas, tarkibida oltingugurt miqdori kam (1,1% gacha), parafin 0,5% dan kam, benzin fraksiyalarining tarkibi yuqori (40—60%). Yura yotqiziqlaridagi neft boʻr yotqiziqlaridagiga qaraganda ancha yengil. Gaz tarkibida 90—98% metan, 1—4% ogʻir uglevo-dorodlar, 3—6% azot, 0,1—2% ugle-rod ikki oksidi mavjud.