GʻARBIY DVINA

GʻARBIY DVINA — RF, Belorussiya va Latviyadagi daryo (Latviyada Daugava deb ataladi). Uz. 1020 km, havzasi mayd. 87,9 ming km2. Valday qirlaridan boshlanib, Volganing boshlanish qismidan gʻarbroqda Boltiq dengizining Riga qoʻltigʻiga quyiladi. Irmoqlari: chapda — Meja, Kasplya, Luchesa, Ulla, Dis-na; oʻngda — Toropa, Drissa, Dubna, Ayviyekste, Ogre. Qor, grunt suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyida 678 m3/sek. Dek. dan martgacha muz oqib turadi. Gʻarbiy Dvinada 3 ta GES (Kegum, Plyavin, Riga) bor. Daryoning ayrim qismlarida kema qatnaydi. Berezina kanali orqali Dnepr daryosi bilan bogʻlangan. Daryo boʻyida Vitebsk, polosk, Daugavpils, Yekabpils, Gʻarbiy Dvina shaharlari, quyilish joyida Riga sh. va dengiz porti joylashgan.