GʻARBIY BUG — Ukraina, Belorussiya va Polshadagi daryo (koʻp qismi Belorussiya va Polsha chegarasidan oʻtadi), Visla daryosining oʻng irmogʻi. Uz. 831 km, havzasi mayd. 73470 km2. Ukrainaning Lvov viloyatidagi podolsk qirlaridan boshlanadi. Lyub-lin qirlarining sharqiy chekkasi boʻylab va Mazoves — Podlyasa past-tekisligidan oqib oʻtadi. Zegjin suv omboriga quyiladi. Kuzgi yomgʻirlardan toshqinlar sodir boʻladi. Eng sersuv davri — mart, apr., eng kamsuv davri — sentyabr oyi. Dek. — mart oylarida muzlaydi. Pripyat va Neman daryolari bilan kanallar orqali bogʻlangan.
Oʻrtacha suv sarfi 160 mʻ/sek. Boshlanishidan 315 km davomida kema qatnaydi. Gʻarbiy Bug sohillarida Brest, Sokal, Chervonograd, Kamenka-Bugskaya, Busk sh. lari joylashgan.