GʻANIYEV Abduali (1931.21.12 – Toshkent — 1999.8.10) — kimyogar olim. Oʻzbekiston FA akad. (1995), kimyo fanlari d-ri (1974), prof. (1977). Oʻrta Osiyo un-tini tugatgan (1953). Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi in-tida lab. mudiri (1958-y. dan). Ilmiy ishlari neytron aktivatsiyasi va ekstraksiyasi usullarini qoʻllab nodir metallarning mikrokonsentratsiyasini aniqlashga oid. Gʻ. Rahbarligida aktivatsion analizning radiokimyoviy uslublari, platinoidlar, oltin va kumushni jelatina hosil. qiluvchi, jumladan tio va ditiofosfat kislotalar hamda mahalliy xom ashyodan tayyorlangan reagentlar yordamida ekstratsion konsentrlash va ajratish usullari ishlab chiqilgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1982).
As: Metodm aktivatsionnogo analiza blagorodnnx i redkix metallov, T., 1977; Zako-nomernost transvliyaniya v kompleksnnx soyedineniyax kobalta, T., 1998.