GʻALLAOROL

GʻALLAOROL — Jizzax viloyati Gʻal-laorol tumanidat shahar (1973-y. dan), tuman markazi. T. y. stansiyasi. Viloyat markazi (Jizzax sh.) dan 30 km gʻarbda. Toshkent — Samarqand t. y., Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida. Aholisi 23 ming kishi (2005). Paxta tozalash, gʻisht, q. x. texnikasini taʼmirlash, sutni qayta ishlash z-dlari, parran-dachilik f-kasi, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. kichik, oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar, qoʻshma korxonalar faoliyat koʻrsatadi.

Umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, kasb-hunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi, klub muassasalari, Xotira bogʻi bor. Stadion, sport zallari, sport maydonchalari va b. sport insho-otlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, tugʻruqxona, dorixona va b. tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Gʻallaoroldan Toshkent, Samarqand, Jizzax va b. shaharlarga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi. Toshkent — Samarqand elektr poyezdi shahar hududidan oʻtadi.