GʻALABA CHOʻQQISI

GʻALABA CHOʻQQISI — Tyanshan togʻlaridagi eng baland choʻqqi. Bal. 7439 m. Qaqshaltov tizmasida, Xontangri choʻqqisidan 20 km jan. da. Yon bagʻirlarida yirik muzliklar bor. Gʻ. ch. ga birinchi marta (1938-y. da) A. A. Letavet boshchiligidagi ekspeditsiya chiqqan. 1943-y. da P. N. Rapasov boshchiligidagi ekspeditsiya choʻqqining haqiqiy balandligini aniqladi va unga Gʻalaba choʻqqisi deb nom berildi.