GʻAYBULLA as-SALOM

GʻAYBULLA as-SALOM (taxallusi; asl nomi Salomov Gʻaybulla Tojiddinovich) (1932.11.12, Xatirchi tumani — 2003.31.1, Toshkent) — tarjimashunos olim, publitsist. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1993), filol. fanlari d-ri(1982), prof. (1984). SamDUfi-lol. f-tini tugatgan (1956), «Fan va turmush» jur. da boʻlim mudiri, Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-tida aspirant, ilmiy xodim, direktor oʻrinbosari (1956—67). Oʻzbek sovet ensiklopediyasida Bosh muharrir oʻrinbosari (1967—69). ToshDU tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri (1969-y. dan). Oʻzbekiston Respublikasi Pre-zidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida prof. (1997—2000). Ilmiy faoliyati badiiy tarjimashunoslik, maʼnaviyat, maʼrifat va madaniyat masalalariga bagʻishlangan. «Maqol va idiomalar tarjimasi» (1961), «Til va tarjima» (1966), «Tarjima nazariyasiga kirish» (1978), «Doʻstlik koʻpriklari» (1970, N. Komilov bilan hamkorlikda), «Adabiy anʼana va badiiy tarjima» (1980), «Tarjima nazariyasi asoslari» (1983) kabi kitoblar muallifi.

As: Ey, umri aziz, T., 1996; Ezgulikka chogʻlan, odamzot, T., 1997.

Ad.: Umirov S, Sollanib oqayotgan daryo, T., 1992; Gʻaybulloh as-Salom zamondoshlari xotirasida, T., 2003.

Saydi Umirov.