GʻAZZA

GʻAZZA, Gʻ a z o — Oʻrta dengizning sharqiy sohilidagi qad. shahar. Oʻrta asrlarda Arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Keyinroq misrliklar qoʻl ostiga oʻtgan. 16-a. boshidan 1917-y. gacha Usmonli turklar imperiyasi, 1920—47 y. larda inglizlarning Falastin mandati tarkibida. BMTning 1947-y. 29 noyab. dagi qaroriga muvofiq Gʻazza va uning atrofidagi hududlar arab davlati tarkibiga kiritildi. 1948—49 y. lardagi arab-isroil urushidan soʻng Gʻazza sektori (mayd. 258 km2) Misr boshqaruvi ostiga oʻtdi. 1967-y. iyunda Isroil qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. 1994-y. dan Falastin muxtoriyati tarkibida.