GʻAZALKENT TOSHGA ISHLOV BERISH KOMBINATI AKSIYA-DORLIK JAMIYATI

«GʻAZALKENT TOSHGA ISHLOV BERISH KOMBINATI» AKSIYA-DORLIK JAMIYATI — tabiiy toshlardan qurilishda ishlatiladigan qoplama pardozlash plitalari ishlab chiqaradigan yirik korxona. «Oʻzqurilishmateriallari» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Toshkent viloyati Boʻston-liq tumanidagi Gʻazalkent sh. da joylashgan. 1946-y. da birinchi sex qurilib, mahsulot bera boshlagan. 1970-y. 5-iyulda zamonaviy k-t kompleksi ishga tushirilgan. 1994y. dan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Oqsoqota marmarini qazib oladi va Sevasoy, Koʻksaroy, Langar, Miskinsoy graniti, Belovti gabbrosidan va Oqsoqota marmaridan turli xil oʻlchamdagi plitalar ishlab chiqaradi. Korxonaning yillik granit plitalari i. ch. quvvati 60 ming m2. 1999-y. dan Italiyaning «Breton» firmasi dastgohlari bilan jihozlangan. Korxonada ishlab chiqarilgan granit plitalari Toshkent sh. da Alisher Navoiy nomidagi katta opera va balet teatri, Fargʻona sh. da Fargʻoniy maqbarasi, Samarqand sh. da Amir Temur majmuasi, Termiz sh. da at-Termiziy majmuasi, Toshkent sh. da Oliy Majlis binosi, metropoliten qurilishlarida ishlatilgan. Korxonada ishlab chiqarilgan granit mahsulotlari Rossiya, Qozogʻiston, Ukrainaga eksport qilinadi. Moskva sh. da korxonaning savdo uyi ochilgan.