GʻAZALKENT GES

GʻAZALKENT GES — Toshkent viloyati Gʻazalkent sh. yaqinida Chirchiqdaryosida qurilgan. 1982-y. da ishga tushirilgan. GESda har biri 40 MVt quvvatga ega boʻlgan 3 ta agregat oʻrna-tilgan, umumiy quvvati 120 MVt. St-ya Gʻazalkent, Chirchiq sh. lari va Boʻstonliq tumanidagi sanoat korxonalari va b. isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlaydi; Oʻrta Osiyo «Energiya» birlashgan energetika tizimiga ulangan, elektr energiyasi 110, 200,500 kV kuchlanishda uzatiladi. 2003-y. da 532,5 mln. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.