YULDUZ YORQINLIGI

YULDUZ YORQINLIGI — yulduz nurining kuchini, yaʼni yulduzning birlik fazoviy burchakda nurlayotgan yorugʻlik oqimini ifodalovchi miqdor. 3,81033erg/ sek ga teng boʻlgan Quyosh yorqinligi birligida ifodalanadi. Yulduz yorqinligi tushunchasi umumiy fotometriyanyant «yorqinlik» tushunchasi bilan mos kelmaydi. Yulduz yorqinligi yulduz spektrining maʼlum bir qismiga tegishli (vizual, fotografik Yulduz yorqinligi va h. k.), yoki yulduzning butun spektri boʻyicha nurlanishiga (bolometrik Yulduz yorqinligi) tegishli boʻlishi mumkin. Bular bir-biridan katta farq qilib, bolometrik yorqinligi 5105 erg/sek. Quyosh yorqinligiga teng boʻlgan yulduzlar (O spektral sinfiga tegishli boʻlgan oʻta gigant yulduzlar), bolometrik yorqinligi Quyosh yorqinligidan bir necha yuz marta kam boʻlgan yulduzlar mavjud. Taxm. yorqinligi bu qiymatdan kam boʻlgan yulduzlar boʻlishi mumkin. Yulduz yorqinligi massa, radius va sirt t-rasi kattaliklari qatoridagi muhim kattaliklaridan hisoblanadi. Bu kattaliklar orasidagi bogʻlanishlar nazariy astrofizikada oʻrganiladi.