Y

Y — oʻzbek kirill alifbosining oʻn birinchi harfi. Jarangli, til oʻrta, sirgʻaluvchi undosh tovush. Soʻz boshi (yoʻl, yigʻ), oʻrtasi (keyin, kiyim) va oxiri (toʻy, saroy)da kela oladi. Ayrim soʻzlarda, t, d tovushi oʻrnida keladi (ketin—keyin), baʼzilarida z ga moslashadi (yoy-yoz; soʻylamoq—soʻzlamoq). Qipchoq shevasida soʻz boshida bu tovush oʻrnida j qoʻllanadi (yoʻl—joʻl, yoʻq—joʻq). Bu xususiyat qad. talaffuz qonuniyatlari bilan bogʻliq boʻlib, Mahmud Koshgʻariy davri tilida ham kuzatiladi. Oʻrxun-Yenisey, turkiy yozuvlarida, shuningdek, arab, lotin grafikasidagi alifbolarda oʻziga xos koʻrinishga ega. Soʻgʻd yozuvida uchramaydi.