YENA UNIVERSITETI

YENA UNIVERSITETI — Fridrix Shiller nomidagi Yena universiteti — Germaniyadagi yirik un-tlardan biri. 1558-y. Yenadagi akad. gimnaziya negizida tashkil qilingan. Falsafa va tarix, filol., iqtisodiy kibernetika, ped., adabiyot va sanʼat, tibbiyot, biol., kimyo, fizika, mat., texnologiya, xuquq, teologiya, jismoniy tarbiya boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 5 mingdan ortiq talaba oʻqiydi. Un-t kutubxonasila (1558-y. tashkil etilgan) 2,5 mln. dan ortiq asar saqlanadi.