YENSEN

YENSEN (Jensen) Yoxannes Xans Daniyel (1907.25.6, Gamburg — 1973.11.11, Geydelberg) — nemis na-zariyotchifizigi. Gamburg un-tini tugatgan (1932).

Ilmiy ishlari atom yadrosi nazariyasi va qattiq jism fizikasiga oid. Fanga spin-orbital bogʻlanish tushunchasini kiritgan. M. Geppert-Mayerazya mustaqil ravishda yadroning qobiq modelini ishlab chiqqan. Kristallarda ionlarning oʻzaro taʼsirlashishini oʻrgangan va kristallar toʻliq energiyasining atomlararo masofaga bogʻliqligini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1963).