YENSEN

YENSEN (Jensen) Yoxannes Vilgelm (1873.20.1, Farse, Yutlandiya — 1950.25.11, Kopengagen) — Daniya yozuvchisi. Yensenning ilk romanlari «Daniyaliklar» (1896) va «Eynar Elker» (1898). «Ximerland tarixlari» (1898 — 1910) hikoyalar toʻplamida Y. Shim. Yutlandiya tabiati, aholisining turmushini tasvirlagan. «Qirolning qulashi» (1—3-qismlar, 1900—01) tarixiy romani oʻrta asrdagi Daniya dehqonlarining ijtimoiy adolat uchun kurashi toʻgʻrisida. Yensen gotik irq deb atalmish irqqa qayta hayot baxsh etishni targʻib qildi. Yozuvchining irqiy-biologik nazariya bilan qiziqishi «Olis yoʻl» epopeyasida oʻz ifodasini topdi (1—6-qismlar, 1908—22) va shu asari uchun Y. Nobel mukofoti laureati buldi (1944). «d. ʻOra xonim» (1904) va «Gʻildirak» (1905) romanlarida kapitalistik Amerika hayotiiing haqqoniy manzaralari berilgan. Yensen «Sheʼrlar» (1906), «Afsonalar» (1907—44), «Yillar daqiqasi» (1923), «Yutlandiya shamoli» (1931) tuplamlari muallifi. Yensen ijodiga realizmni modernistik uslub b-n uygʻunlashtirish xos.