YENA

YENA — Germaniyadagi shahar, Tyuringiya yerida. Zaale daryosi boʻyida. Aholisi 101 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). T. y. tuguni. Optika-mexanika sanoatining yirik markazi. «Karl Seys» z-di dunyoda optika asboblari ishlab chikaradigan eng katta korxonalardan biri. Asosan, eksport uchun astronomiya uskunalari, yorugʻlik va elektron mikroskoplar, tibbiyot uskunalari, fotoobyektivlar, binokllar, optik shishalar, dori-darmon ishlab chiqariladi. Yena universiteti, planetariy, seysmologiya in-ti, rasadxona bor. 1806-y. da Yena yaqinida Napoleon qoʻshinlari Prussiyani magʻlubiyatga uchratgan.