YUZLASHTIRISH

YUZLASHTIRISH — tergov harakati; bunda ilgari soʻroq qilingan ikki shaxs, basharti ularning aynan bir xil fakt va holatlarga nisbatan bergan koʻrsatuvlarida jiddiy qaramaqarshiliklar boʻlsa, bir vaqtning oʻzida bir-birining ishtirokida koʻrsatuvlar beradi. Yuzlashtirishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvoh soʻroq qilinishi mumkin. Yuzlashtirish uchun asoslar, uni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining JPKda koʻrsatib oʻtilgan (122 — 124-moddalar).