YUJNO-SAXALINSK

YUJNO-SAXALINSK (1905-yildan 1946-yilgacha — Toyexara) — RF Saxalin viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Saxalin orolining jan. qismida joylashgan. T. y. chorrahasi. Aholisi 175,1 ming kishi (2002). Teplovozvagon taʼmirlash, eksperimental taʼmirlashmexanika, avtomobil taʼmirlash, baliqni qayta ishlash zdlari, uysozlik, mebel ktlari, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari ishlab turibdi. Ped. inti, bir qancha oʻrta maxsus bilim yurtlari, RF FA Sibir boʻlimining Saxalin kompleks ilmiy tadqiqot inti, 2 teatr (shu jumladan, drama teatri), oʻlkashunoslik muzeyi bor.