YORLIQ — 1) turkmoʻgʻul xonlari eʼlon qilgan yozma xujjatlar. Diplomatik notalar va davlatlararo bitimlar matni xam xon Yo. i jumlasiga kirgan. Biroq koʻpincha bu Yorliq Oltin Oʻrda, Qozon va Qrim xonlari tomonidan oʻzlariga tobe turli amaldorlarga, diniy arboblarga berilgan shaxsiy daxlsizlik haqidagi imtiyozli hujjat sanalgan. Yorliq rus knyazlarini oʻz yerlarida hukmron boʻlishlarini tasdiqlagan. Rus mitropolitlari xonlarni duo qilganlari tufayli, bu Yorliq boʻyicha rus cherkovi Oʻrda maʼmuriyatiga tobelikdan, oʻzlariga qarashli yerlardan olinadigan soliqlardan, turli majburiyatlarni oʻtashdan xalos etilgan. Yo. Oltin Oʻrdaning hududiy boʻlinishi, unga tobe yerlar, ularning maʼmuriy tuzilishi, yer egaligi va b. haqida muhim tarixiy manba sanaladi;
2) amirlar va ruxrniylarga biron imtiyoz berilishi qaqida podsho, xon muhri bosilgan rasmiy hujjat (mas, ishonch yorligʻi);
3) tovarning ustiga qoʻyilgan va uning xili, oʻlchami, mikdrri, bahosi va sh. k. ni koʻrsatadigan belgi;
4) rasmiy hujjat (mas, faxriy yorliq).