YOPINCHIQ

YOPINCHIQ — ayollar boshi ustidan yopadigan kiyim; ayollar qomatini kishi koʻzidan yashirib turadigan keng toʻrtburchak shaklidagi mato. Rangbarang ip (ipak) bilan kashta tikib, piston, nozik, koʻzlar qadab bezatiladi. Toʻylarda va koʻchaga chiqqanda Yopinchiq tutilgan. Yopinchiq kishilik kiyimi boʻlishi bilan birga kelinlar sepiga ham kiritilgan, nikoh libosining asosiy qismiga aylangan. Oʻzbekiston hududida Yopinchiqning paranji, sarandoz, jelak va b. turlari mavjud. Yelkaga tashlab yuriladigan yengi uzun chopon shaklidagi turi mil. av. 1ming yillik oʻrtalarida yuzaga kelgan. Oʻzbekiston hududidan topilgan qad. davr madaniy yodgorliklari (mayda sopol haykalchalar) bu yerda qadimdan Yopinchiq boʻlganligini koʻrsatadi; kushanlar davrida Yopinchiq chetlari (bari va etagi) aylana shaklidagi metall nishonlar bilan hoshiyalanib, keyinroq qora magʻiz va yoqasida 1—2 uchburchakli qaytarma bilan bezatilgan. Islom dini hukmronligi davridan boshlab boshga (baʼzan qora toʻr bilan yuzni berkitgan holda) yopa boshlaganlar; shu tarzda paranjining dastlabki nusxalari paydo boʻlgan (16—17a. lar). 18—19a. larda keng Tapkalgan, 20a. oʻrtalarigacha saqlangan. 20a. oʻrtalaridan yana Yo. urf boʻla boshladi, faqat Fargʻona vodiysida Yopinchiq oʻrniga katta gulli (shol) roʻmollardan foydalaniladi.