YOVVOYI TOK — moshssimonlar oilasining har xil turkumlariga mansub chirmashib oʻsuvchi yovvoyi turlar (yogʻochsimon lianalar);
1) urgʻochi tok tur kum i (Parthenocissus) — guli ikki jinsli yoki soxta ikki jinsli (tugunchasi rivojlanmagan, changchilari pushtsiz), mevasi mayda, kora, 1 — 3 dona urugʻli. Novdadagi uchki jingalaklari kengaygan doirasimon bulganidan oʻsimlik, tosh, devor va b. ga chirmashib usadi. Shim. Amerika va Osiyoda 15 turi bor. Uzoq Sharkda uch qirrali urgʻochi tok (P. trucuspidata) usadi, 5 tojbargli turi (P. quinquefolia) va bogʻ yovvoyi toki (P. inserta) turlari manzarali oʻsimlik sifatida istirohat bogʻlarida oʻstiriladi. Bu turlarning murakkab panjasimon barglari kuzda qizil rangga kiradi, qurgʻoqchilik, 40° issiqqa va 30° sovuqqa, filloksera zararkunandasiga va zamburugli kasalliklarga chidamli;
2) chi n yovvoyi tok yoki ampelopsis (Ampelopsis) — guli turli jinsli, bir uyli, gultojbargi beshta, baʼzan toʻrtta. Mevalari mayda, yeyishga yaroqsiz, oq, koʻkimtir yoki toʻq sariq. 2—4 ta urugʻi bor. Asosan Shim. Amerika va Osiyoda 20 ga yaqin turi uchraydi. Uzok, Sharkda 3 turi, Tojikiston togʻlarida 1 turi oʻsadi. Tojikistonda oʻsadigan qisqa gulbandli (A. brevipedunculata) turi chirmashib oʻsuvchi manzarali oʻsimlik sifatida madaniylashtirilgan;
3) Vitis tokining yovvoyi turlari — gullari turli jinsli, ikki uyli, aqyonda ikki jinsli, guli ochilganda qalpoqchasimon koʻrinishdagi gulkosasi toʻkilib tushadi. Mevalari mayda, kora. Osiyo va Yevropada tarqalgan. 7 turi uchraydi. Oʻrta Osiyoda Kopetdogʻda oʻsadi. Yovvoyi oʻrmon toki (V. silvestris) madaniy tok (V. vinrfera)ra juda yaqin (undan bir jinsli, ikki uyli gullari bilan farq qiladi), sovuqqa va qurgʻoqchilikka chidamli. Yovvoyi amur toki (V. amurensis) sovuqqa nihoyatda chidamli, seleksiya ishlarida madaniy toknavlari uchun payvandtak sifatidahamda duragaylashda foydalaniladi.
Jamoliddin Fayziyev.