YEXIDNALAR

YEXIDNALAR, yovuz ilonlar, battol ilonlar (Psedechis) — aspidlar oilasiga mansub zaharli ilonlar urugʻi. Tanasining uz. 3 m gacha, tuxumdan tirik tugʻadi. Asosan mayda umurtqali hayvonlar bilan oziqlanadi. 4 (yoki

5) turi bor. 2 turi Yangi Gvineyada, qolganlari Avstraliyada tarqalgan. Yexidnalar zahari organizm oqsillarini ivitish xususiyatiga ega. Zaharli qora Yexidnalar (P. Prophyriacus) koʻproq maʼlum.