YETTIURUGʻ

YETTIURUGʻ — oʻzbek qipchoqlar tarkibidagi yirik urugʻlar guruhi. Asosan, Zarafshon daryosining oʻrta oqimida, qisman Toshkent vohasida yashagan. Yettiurugʻ qozoq va qirgʻizlar tarkibida ham bor. Ye. oytamgʻali, qoʻshtamgʻali, sirgʻali, qamchili, juvonli, samanotli, choʻmichli urugʻlaridan iborat boʻlgan. Yettiurugʻ tarkibidagi bu urugʻ nomlari oʻzbeklarning boshqa yirik qabilalari tarkibida ham uchraydi. Mac, oytamgʻali qoʻngʻirot, doʻrmon, quramada; qoʻshtamgʻali-nayman, yuz, Surxondaryo viloyatida yashovchi chagʻatoy va b. qabilalarda. Yettiurugʻ oʻzbek xalqi tarkibiga singib ketgan.