YETTI YILLIK MAKTAB

YETTI YILLIK MAKTAB — toʻliqsiz oʻrta maʼlumot bergan 7 yillik umumiy taʼlim maktabi. Oʻzbekistonda 1926/27 oʻquv yilidan ochila boshlagan (bungacha faqat rus maktablari boʻlgan). 1928/29 oʻquv yili Oʻzbekistonda 107 Yetti yillik maktab boʻlib (jumladan 47 rus maktabi) ularda 43 ming oʻquvchi oʻqigan. Bu maktablarni bitirish 1930-y. dan boshlangan. «Boshlangʻich va oʻrta maktab tizimi haqida»gi qaror (1934-y. 15 may) asosida umumiy oʻrta taʼlim maktablari boshlangʻich (1—4 sinf), toʻliqsiz oʻrta (1—7 sinf) va oʻrta (1 — 10 sinf) maktab turlariga ajratilgan. Shuningdek, 1934/35 oʻquv yilidan bosqichma-bosqich 7 y. lik majburiy politexnika taʼlimi ham joriy qilingan. 1934/ 35 oʻquv yilidan yirik shaharlarda, 1937/38 oʻquv yilidan qishloq joylarda amalga oshirilgan. Yetti yillik maktablarni tu-gatganlar umumiy oʻrta maʼlumot olish yoki oʻrta maxsus hamda hunar-texnika oʻquv yurtlarida oʻqishni davom ettirish huquqiga ega boʻlganlar. 1958-y. dan 8 y. lik umumiy majburiy taʼlim joriy qilinishi munosabati bilan Yetti yillik maktablar sakkiz yillik maktablarta aylantirilgan.