YER TARKIBI

YER TARKIBI — davlat yer fondining xalq xoʻjaligi tarmoqlari oʻrtasidagi taqsimoti, yer turlarining nisbati, salmogʻi va maydon koʻrsatkichlari boʻyicha maʼlumotlar yigʻindisi. Oʻzbekiston Respublikasining yaxlit yer fondы qanday maqsadda foydalanishiga qarab quyidagilarga boʻlinadi: q. x. yerlari; aholi punktlari yerlari (shaharlar, shaharchalar, qishloq aholi punktlari yerlari); sanoat, transport, aloqa va b. ning yerlari; tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va tarixiy-madaniy maqsadlarga moʻljallangan yerlar; oʻrmon fondi yerlari, suv fondi yerlari, zaxira yerlar. Q. x. ehtiyojlari uchun berib qoʻyilgan yoki ana shu maqsadlarga atab ajratilgan yerlar q. x. ga moʻljallangan yerlar deb hisoblanadi.