YENGIL AVTOMOBILLAR

YENGIL AVTOMOBILLAR — 2 kishi dan 8 kishigacha moʻljallangan avtomobillar. Dvigateli silindrlarining ish hajmiga qarab, mikrolitrajli (hajmi 1200 sm3 gacha), kichik litrajli (1200 dan 1800 smʻ gacha), oʻrta litrajli (1800 dan 3500 sm1 gacha) va katta litrajli (3500 sm3 dan ortiq) Yengil avtomobillar boʻladi. Mikrolitrajli va kichik litrajli Yengil avtomobillarning barcha gʻildiraklari mustaqil osmali, oʻrtacha litrajli. Yengil avtomobillarning old gʻildiraklari mustaqil osmali, ketingi gʻildiraklari ressorali boʻladi. Katta litrajli Yengil avtomobillarda avtomatik transmissiya, rulni burishni yengillashtiradigan gidravlik kuchaytirgich, gildiraklarning avtomatik tizimlari qoʻllaniladi. Yengil avtomobillar yopiq, ochiq va ochiladigan kuzovli boʻlishi mumkin.

Kuzovining xiliga qarab, Yengil avtomobillar quyidagicha nomlanadi:

1) sedan — ikki qator oʻrindiqli, 4—6 oʻrinli, toʻrt eshikli, yopiq kuzovli;

2) limuzin — uch qator oʻrindiqli, 7—8 oʻrinli, toʻrt eshikli, yopiq kuzovli;

3) koʻpe — ikki qator oʻrindiqli, 4—6 oʻrinli, ikki eshikli, yopik, kuzovli;

4) kabriolet — tepasi ochiladigan kuzovli;

5) faeton — usti ochiq, yoʻlovchilarni quyosh nuri, yomgʻirdan toʻsuvchi soyabon va olinadigan yon devorlari bor;

6) sport — ikki oʻrinli Yengil avtomobillar ;

7) universal — 3 yoki 5 eshikli, usti choʻzinchoq kuzovli, uning ketingi qatoridagi oʻrindigʻini yigʻib qoʻyish mumkin;

8) pikap — 2—3 oʻrinli yopiq, ketingi yuk tashiladigan qismi ochiq;

9) 9 oʻrinli yopiq. Oʻzbekiston avtomobil sanoatida ishlab chiqarilayotgan «Neksiya», «Damas», «Tiko», «Matiz» avtomobillari Yengil avtomobillar hisoblanadi (q. Avtomobil, Avtomobil sanoati),