YASKAKSUV

YASKAKSUV — Tojikiston Respublikasining Sugʻd viloyatidagi soy, Shoʻrbuloqsoyttt chap irmogʻi. Uz. 20 km, suv yigʻish mayd. 130 km2. Turkiston tizmasining shim. yon bagʻridagi Usmonjaylov degan joydan (bal. 2500 m) boshlanadi. Asosiy irmoklari: chapdan — Qoʻrgʻontepasoy, oʻngdan — Koʻlqoʻtonsoy. Qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi (Shahriston qishlogʻidan 2 km yuqorida) 0,12 m3/sek. Aprel — avg. oylaridagi toʻlinsuv davrida suvi Shahriston qishlogʻi dala ekinzorlarini sugʻorishga sarflanadi.