YANGIKOʻL

YANGIKOʻL — Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi oqmas koʻl. Havzasining mayd. 2,36 km2. Sirdaryoning oʻz oʻzani boʻylab tartibsiz oqishidan vujudga kelgan. Sugʻoriladigan maydonlardan oqib tushadigan tashlama suvlar hisobiga toʻyinadi. Mahalliy baliqchilik uchun ahamiyati bor.