YANGIBOZOR

YANGIBOZOR — Xorazm viloyati Yangibozor tumanidit shaharcha (1983-yildan), tuman markazi. Xorazm viloyatining shim. gʻarbiy qismida joylashgan. Viloyat markazi (Urganch shahri) gacha 20 km. Yaqin t. y. stansiyasi — Urganch (20 km). Aholisi 6,3 ming kishi (2005). Yangibozorda paxta tozalash, gʻisht zdlari, qurilish korxonalari, yirik, oʻrta biznes, kichik korxonalar, mikrofirmalar, avtokorxona, MTP ishlab turibdi. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa va sport maktablari, litsey, kasb-hunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, amfiteatr, klub muassasalari, stadion, Xotira maydoni bor. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, tugʻruqxona, dorixona va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Yangibozordan Urganch shahri va Gurlan shaharchasiga avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi.